2026-yil 27-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Teatr tomoshalari haftaligi” ning yettinchi kunida aholi vakillari uchun teatr tomosha zalida repertuardagi “Laylak va qo‘riqchi” (Muallif B.Rahimov rejissyor G.Yusupova) spektakli namoyish etildi.
Tomashaga 120 nafar tomoshabin jalb qilindi.

Teatr jurnalining 2026-yilgi birinchi sonida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri oliy toifali aktyori Zulfizar Shonazarova to‘g‘risida «Zulfizarning ijodiy yutuqlari» nomli maqola e’lon qilindi.

✨ Muhtaram ustozlar, qadrli hamkasblar va teatr ijodkorlari!
🎭 Sizlarni 27-mart — “Xalqaro teatr kuni” bilan sidqidildan tabriklaymiz!
👏 Siz azizlarning sahnadagi betakror ijodingiz, ulkan mas’uliyat talab qiluvchi fidokorona xizmatingiz nafaqat bayramlarda, balki har kuni, har daqiqa olqishlashga munosibdir.
✨ Shunday ekan, bundan keyingi ijodiy faoliyatingizga rivoj tilab, sizdan yangidan yangi ijod mahsullarini kutib qolamiz. Doimo sog‘- salomat bo‘ling!
Hurmat bilan,
🎭 Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri

2026-yil 17-mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch shahridagi 3 va 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Xiva lazgisi» hamda «Sayyor teatr tomoshalari» spektakllarini namoyish etishdi.

@Xorazmkukol
2026-yil 16-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Xiva shahrining Arda Xiva turistik markazida Xiva shahri miqyosidagi yangilanish va yasharish ayyomi hisoblangan Navro‘z bayrami tantanalarida ishtirok etdi. Teatr ijodkorlari «Jarchi chorlovi» dasturi hamda milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlarini namoyish etgan holda, bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishlashdi.

@Xorazmkukol