Бош сахифа

2026-yil  10-11 mart kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun teatrlashtirilgan tomoshalarni taqdim etishdi. Mazkur jarayonda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, Milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlari hamda folklor yo’nalishidagi teatrlashtirilgan dasturlar qadimiy shahar mexmonlariga ulkan taassurotlar bag’ishladi.

@Xorazmkukol

2026-yil 11-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari «Teatr oyligi» doirasida Urganch ixtisoslashtirilgan boshlang‘inch raqs san’ati maktab-internatida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashib, qiziqarli davra suhbati tashkil etishdi. Jarayonda qo‘g‘irchoq san’atiga oid mahorat darslari ham o‘tkazildi.

@Xorazmkukol

2026-yil 8-mart yakshanba kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Oila kuni» doirasidagi navbatdagi madaniy tadbirga Xiva shahridan aholi vakillari jalb etilib repertuardagi «Karvon saroy» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol

2026-yil 6-mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi MTTlardan tashrif buyurgan bolajonlar uchun teatr repertuaridagi eng sara spektakllar namoyish etildi. Sarguzashtlarga boy va qiziqarli sahna asarlari tomoshabinlarga katta taassurotlar bag’ishladi.

@Xorazmkukol

2026-yil 7-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni» munosabati bilan katta tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Uni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Davronbek Atabayev ochib berdi. Tadbirda teatrning erkak xodimlari nomidan jamoaning xotin-qizlari uchun eng samimiy va ezgu tilaklar bildirildi. Shuningdek, onalarni, ayollarni va qizlarimizni ulug‘lovchi kuy- qo‘shiqlar ijro etilib, she’rlar o‘qildi. Yakunda bayram sohibalariga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

@Xorazmkukol