Янгиликлар

2026-yil 7-fevral kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 2026-yil repertuar rejasining I-choragiga belgilangan «Quvnoq ayiqchalar» spektaklini sahnalashtirish uchun taklif qilingan taniqli rejissyor Karima Jabbarova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Unda poytaxtdan tashrif buyurgan   sahnalashtiruvchi rejissyor hamda ijodiy jamoa o‘rtasida navbatdagi amalga oshiriladigan ishlar va jarayonlar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatrida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bagʻishlangan adabiy kecha tashkil etildi. Mazkur tadbirda buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy hayoti va ijodi toʻgʻrisida keng töxtalib ötildi.Teatr ijodkorlari tomonidan uluğ shoir ijodiga mansub ğazallar ifodali tarzda öqilib, oʻziga xos mushoira oʻtkazildi. Shuningdek, Navoiy gʻazallari asosida yaratilgan kuy qoʻshiqlar jonli ijroda taqdim etildi.Tadbirni teatr adabiy qism mudiri Davlatnazar Yusupov olib bordi.Teatr direktori Davronbek Atabayev Alisher Navoiy ijodiy merosining jamiat hayotidagi örni haqida öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlashdi. Ushbu adabiy kecha barcha qatnashchilarda iliq va unutilmas taassurot qoldirdi.

2026-yil 3-4-fevral kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Urganch va Xiva shahridagi MTTlarga tashrif buyurib jajji bolajonlar uchun «Malikaning alifbosi» spektaklini namoyish etishdi.