Янгиликлар

2023-yil 3-4- yanvar kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi viloyat markazi Urganch shaxridagi markaziy archa atrofidagi yangi yil bayram dasturida navbatdagi chiqishlarini amalga oshirib, barchaga xursandchilik va bayramona kayfiyat ulashishdi.

2023 -yil 3-yanvar kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xiva shaxriga tashrif buyurgan bir guruh xorijlik mexmonlar uchun madaniy xizmat kòrsatishib, » 58-Xon» teatrlashtirilgan maydon tomoshasini namoyish etishdi.

2022-yil 30-31dekabr kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Urganch va Khiva shaxridagi Markaziy archa atrofida yangi yil dasturi doirasidagi bayramona chiqishlarini namoyish etishdi.Shuningdek, «Muruvvat uyi»da aloxida e’tiborga extiyoji bo’lgan kattalar va bolalar uchun beg’araz xayriya spektakllarini namoyish etib, xamda Xiva shaxridagi Oilaviy MTTlarda tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun «Yangi yil ertagi» teatrlashtirilgan tomoshalarini taqdim qilishib ularga ko’tarinki kayfiyat ulashishdi.

2022-yil 29 -dekabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi viloyat markazi Urganch shaxridagi Xorazm viloyat musiqali drama teatrida òtkazilgan «Prezident archasi» bayramona tadbiri tantanalarida munosib va faol ishtirok etib, barcha qatnashchilarga yuqori kayfiyat va bayram shukuxi baģishlashdi.

2022 — yil 28 — dekabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Urganch shaxridagi Markaziy archa atrofida yangi yil dasturi doirasidagi bayramona chiqishlarini namoyish etishdi. Shuningdek, Xiva shaxridagi Oilaviy MTTlarda tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun «Yangi yil ertagi» teatrlashtirilgan tomoshalarini taqdim qilishdi.