2022-yil 7-dekabr kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri bosh rejissiyori Gulbaxor Yusupova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan » O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI «estadilik nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu esdalik nishoni Viloyat xokimligida tantanali ravishda topshirildi.
2022-yil 7-dekabr kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatrida «8-dekabr- Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni» munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Uni teatr direktori Davronbek Atabayev kirish sòzi bilan ochib, jamoani qomusimizning 30 yiligi bilan muborakbod qildi. Shuningdek, konstitutsiyaviy xuquq, burch va majburiyatlar tòģrisida atroflicha tòxtaldi. Tadbirda teatr adabiy bòlim mudiri D.Yusupov va kasaba uyushma boshlanģich tashkiloti rayisi Y.Allaberganovlar xam sòzga chiqib, asosiy qonunimizning xayotimizdagi axamiyati borasida ma’ruza qilishdi.
2022-yil 3-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shaxridagi №97-son ixtisoslashtirilgan maxsus maktab internati va «Muruvvat uyi»da aloxida e’tiborga extiyoji bo’lgan kattalar va bolalar uchun beg’araz xayriya spektakllarini namoyish etib, ularga ko’tarinki kayfiyat ulashishdi
2022-yil 2-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Xiva shaxar Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarufidagi №3-son ko’p tarmoqli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Xalqaro nogironlar kuni » munosabati bilan xomiylik qilib, beg’araz xayriya spektakllarini namoyish etishdi.
2022-yil 1 -dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Urganch shaxridagi MTTda «Malikaning alifbosi» spektaklini namoyish etib, bolajonlarga maroqli tomoshalarni taqdim qilishdi.