2025-yil 26-27 dekabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch va Xiva shahridagi Markaziy archa atrofida yangi yil bayram dasturi doirasida navbatdagi teatrlashtirilgan chiqishlari bilan aholi vakillari va shahar mehmonlariga madaniy xizmat ko‘rsatishdi.

2025-yil 26-27 dekabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch va Xiva shahridagi MTTlarga tashrif buyurib jajji bolajonlar uchun «Yangi yil tomoshalari» spektaklini namoyish etishdi.

2025-yil 27-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva tuman hokimligi tashabbusi bilan tuman hududidan bir guruh aholi vakillari uchun teatrlashtirilgan bayram tadbiri tashkil etilib, unda Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri repertuaridagi «Yangi yil ertagi» spektakli namoyish etildi.

26-dekabr kuni Ko‘zi ojizlar jamiyati Xiva shahar bo‘limi ishchi xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun yangi yil bayram dasturi doirasida teatr tomosha zalida “Yangi yil ertagi” spektakli namoyish etildi.

2025-yil 25-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida yangi yil munosabati bilan xodimlarni viloyatdagi kasaba uyushma birlashgan tashkiloti nomidan sovg’alar bilan taqdirlash tadbiri tashkil etildi. Shuningdek, teatr rahbariyatining tashabbusi bilan bir guruh 2025-yil davomidagi ijodiy faoliyati e’tirof etilgan xodimlar alohida taqdirlanishdi.
