2025-yil 24-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Turkiya Respublikasidan tashrif buyurgan bir guruh nufuzli mehmonlarni Xiva shahrining tarixiy markazi hisoblangan Ichan qal’a majmuasi hududida tantanali kutib olish marosimida teatrlashtirilgan dasturlari bilan faol qatnashishdi. Shuningdek, mazkur mehmonlar uchun Ko‘hna Ark majmuasida «Xon qabuli» teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.

@Xorazmkukol
2025-yil 23-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shaxridagi MTTlardan tashrif buyurgan bolajonlar uchun teatr repertuaridan o‘rin olgan «Sayyor teatr tomoshalari” spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol
2025-yil 20-23 may kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Ichan qal’ada Xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun tayyorlangan tarixiy loyiha asosidagi navbatdagi teatrlashtirilgan tomoshalarni namoyish etishdi. Unda «Qog‘irchoqlar aravasi» va Javoxir folklor guruhining chiqishlari taqdim etilib, shahar aholisi va mehmonlarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.

@Xorazmkukol
2025-yil 22-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida repertuar rejaning II choragiga belgilangan «Ona zamin» spektaklining navbatdagi tayyorgarlik mashg‘ulotlari va sahnalashtirish jarayonlari qizg‘in davom ettirildi.

@Xorazmkukol
2025-yil 17-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Bolgariya Respublikasi Tirgovishte shaxrida Volshebniy zanaves — 24 xalqaro teatr festivali doirasidagi chiqishlarida milliy qadriyatlarimiz va urf odatlarimiz aks etgan «Xiva lazgisi» spektaklini namoyish etishdi. Spektakl namoyishi O‘zbekiston bilan bir qatorda festivalda ishtiroq etayotgan Ispaniya, Makedoniya va Bolgariya davlatlari vakillari xamda xorijliklardan iborat keng tamoshabinlar auditoriyasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Yakunda Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi festival tashkilotchilarining maxsus Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanishdi.

@Xorazmkukol