Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son
Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
2025-yil 6-noyabr kuni Andijon viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Xorazm viloyatiga
ijodiy safarlari doirasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tomonidan iliq va tantanali tarzda kutib olindi. Mehmon ijodkorlar “BADJAXL QUYONCHA” spektaklini
namoyish etishdi.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Oltin kuz» iqtidorli yoshlar forumida ishtirok etib, «Layli va Majnun» (Alisher Navoiy dostoni asosida Xaytimmat Rasul inssenirovkasi, rejissor O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Shomurod Yusupov) spektaklini namoyish etib, 1—o‘rinni egallashdi. Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining butun jamoasiga va teatr san’ati ixlosmandlariga mazkur yutuq muborak bo‘lsin!

@Xorazmkukol

2025-yil 31-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch shahri umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun repertuardagi «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol

2025-yil 1-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Toshkent shahriga «Oltin kuz» iqtidorli yoshlar forimi doirasida tashkil etiladigan keng qamrovli tadbirlarda ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi.

@Xorazmkukol

2025-yil 28-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahri, Yangiariq, Xiva, Ko‘shko‘pir tumanlari ishchi xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun «Nigox» NNT bilan ikki tomonlama shartnoma asosida teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol