Янгиликлар

2025-yil 1-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Ichan qal’ada Xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun tayyorlangan tarixiy loyiha asosidagi navbatdagi teatrlashtirilgan tomoshalarni namoyish etishdi. Unda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, «Qog‘irchoqlar aravasi» va Javoxir folklor guruhining chiqishlari taqdim etilib, shahar aholisi va mehmonlarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.

@Xorazmkukol

2025-yil 1-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Urganch tumanidagi MTT hamda umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga teatr repertuaridagi «Xiva lazgisi» spektaklini namoyish etildi.

@Xorazmkukol

2025-yil 1-may kuni Xorazm viloyati qòĝirchoq teatri jamoasi Prezidentimiz ishtirok etgan Xiva shahridagi «Arda Xiva» turistik markazining tantanali ochilish marosimida òzlarining teatrlashtirilgan chiqishlarini namoyish etib, nufuzli tadbirga òzgacha shukuh baĝishlashdi.

@Xorazmkukol

2025-yil 30-aprel kuni Urganch shahrida tashkil qilingan «Vazir va Yoshlar» uchrashuvida Xorazm viloyati qòĝirchoq teatridan teatr iqtidorli ijodkori Zulfizar Shonazarova ishtirok etib, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan «Tashkkurnoma» bilan taqdirlandi.

@Xorazmkukol

2025-yil 29-30 aprel kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahridagi Oilaviy NMTTlarda teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha»hamda «Xiva lazgisi» spektakllarini namoyish etishib, bolajonlarga ma’naviy ozuqa va zavqu shavq ulashishdi.

 

@Xorazmkukol