Янгиликлар

2025-yil 14-aprel  kuni Xorazm viloyati  qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida   Xiva shaxridagi MTTlardan tashrif buyurgan bolajonlar uchun teatr repertuaridan o‘rin olgan  qiziqarli sarguzashtlarga boy   “Quvnoq tomosha” spektakli namoyish etildi.

 

@Xorazmkukol

2025-yil 14- aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Ichan qal’ada Xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun tayyorlangan tarixiy loyiha asosidagi navbatdagi teatrlashtirilgan tomoshalarni namoyish etishdi. Unda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, «Qog‘irchoqlar aravasi» va Javoxir folklor guruhining chiqishlari taqdim etilib, shahar aholisi va mehmonlarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.

2025-yil 14-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrida o‘tkaziladigan «Xalqaro baxshichilik festivali»  oldidan ushbu tadbir ochilishiga bag‘ishlangan tomoshalarning repetitsiya jarayonlarini davom ettirishdi.

2025-yil 11-12 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektakli namoyish etildi.

 

@Xorazmkukol

#Gastrol

 

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Qashqadaryo viloyatiga ijodiy safarlari doirasida navbatdagi spektakllarni Qarshi tumanida joylashgan yana bir Oilaviy NMTTda hamda Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida namoyish etishdi. Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari mezbon tarafning e’tirofi ifodasi sifatida «TASHAKKURNOMA» lar bilan taqdirlanishdi.

 

@Xorazmkukol