Янгиликлар

#Gastrol

 

2025-yil 11-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Qashqadaryo viloyatiga gastrol safarini boshlashdi. Xorazmlik qo‘g‘irchoq san’ati ustalari Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri binosida jamoa tomonidan kuy-qo‘shiq sadolari ostida tantanali tarzda kutib olindi. Shu kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Qarshi tumanidagi Oilaviy NMTTda bolajonlar uchun teatr repertuaridagi «Afandi hangomalari» spektaklini namoyish etishdi.

 

@Xorazmkukol

2025-yil 10-aprel kuni
«Euronews » xalqaro telekanalining Paul Hecket va
Maxim Duncan boshchiligidagi ijodiy guruhi Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining serqirra va keng qamrovli ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan xujjatli filmni suratga olish jarayonlarini boshlashdi.

Xorazmkukol

2025-yil 9-10 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Ichan qal’ada Xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun tayyorlangan tarixiy loyiha asosidagi navbatdagi teatrlashtirilgan tomoshalarni namoyish etishdi. Unda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, «Qog‘irchoqlar aravasi» va Javoxir folklor guruhining chiqishlari taqdim etilib, shahar aholisi va mehmonlarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.

 

@Xorazmkukol

2025-yil 9-aprel kuni Xorazm viloyati  qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida   Xiva shahridagi umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi qiziqarli sarguzashtlarga boy   “Laylak va Qo‘riqchi” (Muallif B.Rahimov, rejissor: G.Yusupova) spektakli namoyish etildi.

 

 

@Xorazmkukol

2025-yil 7-8 aprel kunlari Yangi turistik mavsum doirasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari tomonidan teatr ma’muriyati hamda Ichan qal’a davlat muzey qo‘riqxonasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida navbatdagi teatrlashtirilgan maydon tomoshalari tashkil etildi.

 

@Xorazmkukol