#Gastrol
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25- dekabrdagi PQ-406-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati qògirchoq teatri bir guruh ijodkorlari 2025-yil 3-aprel kuni Navoiy viloyatiga gastrol safari uyushtirishdi.
Safar doirasida Navoiy shahridagi Navoiy viloyati qògirchoq teatri tomosha zalida I.Lukyanovaning «Karvon saroy» spektakli namoyish etildi.
@Xorazmkukol
2025-yil 3-aprel kuni Xorazm viloyatiga Qashqadaryo viloyati qòĝirchoq teatri jamoasining ijodiy safari doirasidagi tashrifi amalga oshirildi.Qashqadaryolik ijodkorlar Xorazm viloyati qòĝirchoq teatrida tantanali tarzda kutib olindi va shu kuni teatr tomosha zalida Qashqadaryo viloyati qòĝirchoq teatri ijodkorlari tomonidan «Tulporning jasorati» spektakli namoyish etildi.
@Xorazmkukol

«27-mart-Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan katta tantanali tadbir va taqdirlash marosimida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri truppa bo‘yicha rejissor yordamchisi Davronbek Ismailov hamda teatrning II toifali aktyori Rohatoy Matyaqubovalar ishtirok etishdi. Teatrning mazkur ikki nafar fidoyi xodimiga Madaniyat vazirligining maxsus «TASHAKKURNOMA»si hamda qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.