2025-yil 14-yanvar kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari «Vatan ximoyachilari kuni» munosabati bilan Xiva shahrida o‘tkazilgan madaniy tadbirda buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi obrazini gavdalantirgan holda teatrlashgan chiqishlarini namoyish etishdi.

2024-yil 11-yanvar kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi Ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi uchun teatr repertuaridagi tarixiy ahamiyatga ega «Layli va Majnun» (Muallif H.Rasul, rejissor Sh.Yusupov) spektakli namoyish etildi. Vatanparvarlik ruhidagi mazkur sahna asari tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

2025-yil 3-yanvar kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Yangi yil bayrami dasturlari doirasida viloyat markazi Urganch shahri markaziy archasi atrofida teatrlashtirilgan tomoshalar uyushtirib, Xalqimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

2025-yil 1-2 yanvar kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Yangi yil bayrami dasturlari doirasida viloyat markazi Urganch shahri hamda Xiva shahri markaziy archasi atrofida teatrlashtirilgan tomoshalar uyushtirib, Xalqimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.


Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2024- yil 30-dekabr kuni yangi yil bayrami munosabati bilan tayyorlangan yangi dastur asosida bayramga xos sarguzashtlarga boy spektakl bilan Xiva shahridagi MTTlarda mehmon bo‘lib, bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.
