Янгиликлар

2024-yil 30-dekabr Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari bayramona dasturlarini davom ettirib, Xiva shahridagi markaziy Archa 🎄 atrofida teatrlashtirilgan tomoshalar bilan shahar aholisi hamda mehmonlarini xushnud etishdi.

2024-yil 30-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining tomosha zalida Xiva shahridagi mahallalardan tashrif buyurgan ota — onalar va bolajonlar uchun Yangi yil 🎄tomoshasi — «Qorboboga maktub» spektakli namoyish etilib, kattayu — kichikka haqiqiy bayramona kayfiyat ulashildi.

2024-yil 30-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Xiva «Muruvvat uyi»da Yangi yil 🎄bayram dasturi doirasida Qorbobo va Qorqiz obrazlarini gavdalantirib, mazkur maskandagi eldoshlarimizga xursandchilik ulashishdi.

2024-yil 27-28-dekabr kunlari Urganch shahri va Bog‘ot tumanida o‘tkazilgan Qorbobolar marafonida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ham Faol ishtirok etdi.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2024- yil 28-29 dekabr kunlari yangi yil bayrami munosabati bilan tayyorlangan yangi dastur asosida bayramga xos sarguzashtlarga boy spektakllar bilan Urganch shahri hamda Xiva shaharlardagi MTTlarda mehmon bo‘lib, bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishda davom etmoqda. Shuningdek, teatrning tomosha zalida Xiva shaxrimizning katta-kichik tomoshabinlar tashrif buyurib bolajonlar uchun B. Matniyazovning «Qorboboga maktub» spektakli namoyish etildi.