Янгиликлар

2024-yil 11-yanvar kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi Ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi uchun teatr repertuaridagi tarixiy ahamiyatga ega «Layli va Majnun» (Muallif H.Rasul, rejissor Sh.Yusupov) spektakli namoyish etildi. Vatanparvarlik ruhidagi mazkur sahna asari tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

2025-yil 3-yanvar kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Yangi yil bayrami dasturlari doirasida viloyat markazi Urganch shahri markaziy archasi atrofida teatrlashtirilgan tomoshalar uyushtirib,  Xalqimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

2025-yil 1-2 yanvar kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Yangi yil bayrami dasturlari doirasida viloyat markazi Urganch shahri hamda Xiva shahri markaziy archasi atrofida teatrlashtirilgan tomoshalar uyushtirib,  Xalqimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2024- yil 30-dekabr kuni yangi yil bayrami munosabati bilan tayyorlangan yangi dastur asosida bayramga xos sarguzashtlarga boy spektakl bilan  Xiva shahridagi MTTlarda mehmon bo‘lib,  bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

2024-yil 30-dekabr Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari bayramona dasturlarini davom ettirib, Xiva shahridagi markaziy Archa 🎄 atrofida teatrlashtirilgan tomoshalar bilan shahar aholisi hamda mehmonlarini xushnud etishdi.