2024-yil 5-6-dekabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida repertuar rejasiga kiritilgan davlat buyurtmasi asosidagi X. Rasulning «Layli va Majnun» spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda Xiva shahridagi 20 — 23 sonli maktab o‘quvchilari qatnashib, yangi spektaklni maroq bilan tomosha qilishdi.

2024-yil 2-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining bir guruh ijodkorlari Xiva shahrining Ichan Qal’a majmuasidagi Kalta Minor me’moriy yodgorligi oldida tarixiy shaharga Germaniya Fedetariv Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar uchun milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlarini namoyish etishdi. Shuningdek, tantanali kutib olish marosimi jarayonlarida teatr ijodkorlari tomonidan «Xon va saroy a’yonlarining yurishi» teatrlashtirilgan dasturi ham taqdim etildi.

Xiva shahar 3-son Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 2024 — yil 2-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan madaniy tadbirlar doirasida repertuardagi «Tilla tarvuz» spektakli namoyish etishib, alohida e’tibor va parvarishga ehtiyoji bo‘lgan bolajonlarga xursandchilik ulashishdi.
