Янгиликлар

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev ayni kunlarda O‘zbekiston madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lib, teatr san’ati sohasining kelgusi istiqbollari xususidagi muzokara jarayonlarida va boshqa tantanali tadbirlarda qatnashmoqda.

2024-yil 23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining 32 yilligi keng nishonlanadigan 8-dekabr sanasi oldidan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi. “Konstitutsiya burchagi” asosiy Qonunimizning mazmun – mohiyati to‘g‘risida ma’lumot beruvchi bannerlar hamda uning asosiy g‘ayasini targ‘ib etuvchi bosma materiallar bilan jihozlandi. Tashkil etilgan mazkur targ‘ibot burchagining axamiyati, Konstitutsiyamizning insonparvarlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgani to‘g‘risida hodimlar o’rtasida muloqot tarzidagi davra suhbati ham o‘tkazildi. Tadbirga Xiva shahar axborot kutibxona markazi vakillari ham hamkor sifatida jalb etildi.

 

2024-yil 21-22 noyabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri joriy yil repertuarga kiritilgan X. Rasulning «Layli va Majnun» sahnalashtirish ishlari mahoratli rejissor Sh. Yusupov boshchiligida davom ettirildi. Mashg‘ulotlarda O‘ZDSMI Sahna harakati kafedrasi o‘qituvchisi O.Ostanina ham bevosita qatnashib, aktyorlar uchun mahsus mahorat darslari o‘tkazmoqda.

Ustoz Shomurod Yusupov davlat buyurtmasi asosidagi Xayitmat Rasulning «Layli va Majnun» spektaklini sahnalashtiruvchi rejissori sifatida tashrifning ilk daqiqalaridan ish jarayonlariga kirishdi.