
2024-yil 11-noyabr — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida tadbir tashkil etildi. Tadbirda teatr boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitasi rahbariyati nomidan barcha xodimlar qizg‘in muborakbod qilindi. Shuningdek, kasaba uyushmasi faoliyati, uning xodimlar huquqini himoya qilish, ularning muammolariga yechim topishdagi ahamiyati xususida ma’ruzalar o‘qildi.
2024-yil 8-noyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida joriy yil repertuar rejasiga kiritilgan H. Rasulning »Layli va Majnun» spektakli bo’yicha navbatdagi chitka (o’qish) jarayonlari o’tkazildi.

2024-yil 6-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri sahnalashtiruvchi rejissori Rohila Matniyazova boshchiligida ijodiy jamoa o‘rtasida «Sahna nutqi» va «Sahna harakati» bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlar o‘tkazildi.