Янгиликлар

🎭 Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri barcha teatr ixlosmandlari, aziz bolajonlar hamda ularning ota-onalarini 21-martdan 27-martga qadar bo‘lib o‘tadigan “Teatr haftaligi” doirasida namoyish etiladigan ajoyib va maroqli spektakllarga taklif etadi.

🌈 Spektakllar mutlaqo bepul.

🌐 Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Matbuot xizmati

2026-yil 19-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Urganch shahrida viloyat miqyosidagi katta bayram tantanasi- «Navro‘z sayli» da munosib va faol ishtirok etib, o‘zlarining teatrlashtirilgan chiqishlari hamda milliy ruhdagi tomoshalari bilan tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishlashdi.

2026-yil 19-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Xiva tumanidagi MTTga tashrif buyurib jajji bolajonlar uchun «Malikaning alifbosi» spektaklini namoyish etishdi.

2026-yil 18-mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari  Urganch shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda MTTlarga tashrif buyurib teatr repertuaridagi «Xiva lazgisi» va «Quvnoq tomosha» spektakllarini namoyish etishdi.

2026-yil 18-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch shahridagi 96-sonli alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar ixtisoslashtirilgan maktab internatida teatr repertuaridagi eng sara spektakllarni namoyish etgan holda bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashishdi.