2024 — yil 5 — oktyabr kuni mehmonlar Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi tomonidan tantanali tarzda kutib olindi. Shu kuni Rossiya Federatsiyasidagi Sankt — Peterburg davlat musiqali komediya teatri bilan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri o’rtasida o’zaro manfaatli ijodiy hamkorlik bo’yicha Memorandum imzonlandi. Mazkur Memorandumni O’zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri nomidan teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev, Rossiya Federatsiyasi Sankt- Peterburg davlat musiqali komediya teatri nomidan mazkur teatrning bosh direktori Yu.A.Shvartskopf imzolashdi. Ushbu kelishuv ikki xalq hamda ikki teatr o’rtasidagi do’stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
2024 — yil 4 — oktyabr kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan Sankt-Peterburg davlat musiqali komediya teatri bosh direktori Yu.A.Shvartskopf hamda unga xamrohlik qilayotgay O‘zbekiston Operetta teatri direktori A.Ganiyevlar Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori D. Atabayev tomonidan kutib olinib, mehmonlar Xiva shahrining tarixiy markazi Ichan qal’a majmuasidagi me’moriy obidalar hamda diqqatga sazovor maskanlar bilan yaqindan tanishtirildi.
2024 — yil 3 — oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi 1- son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari e’tiboriga teatr repertuaridagi Yozef Ladaning «Sehrli olma» spektakli havola etilib, o‘quvchilarga bir olam taassurotlar ulashildi.
2024-yil 3-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida «Nurli maskan» — 121- son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari uchun Yozef Ladaning «Sehrli olma» spektakli beg‘araz xayriya tarzida bepul namoyish etildi.
2024-yil 30-sentyabr sanasida «1-oktyabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni» ga bag’ishlab Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida adabiy kecha tashkil etildi. Mazkur bayramona tadbirda teatr ijodiy jamoasi tomonidan ustozlarni madh etuvchi sher va monologlar ifodali o’qildi. Ustozlar shaniga eng go’zal va nafis so’zlar aytildi, ularning mashshaqatli va sharafli mehnatiga yuqori baho berildi. Teatrning ustoz maqomidagi hodimlariga minnatdor shogirdlar nomidan qimmatbaho va esdalik sovg’alar taqdim etildi.