Янгиликлар

2024-yil 19-20 sentyabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari vodiy viloyatlari bo‘ylab uyushtirgan ijodiy safarlari doirasida Farg‘ona viloyati shahar va tumanlardagi MTT va oilaviy MTTlarda spektakllar namoyish etishib, bolajonlarga xursandchilik ulashishdi.

Anons: 2024-yil 20-sentyabr
kuni 🕚11:00 da va 🕑14:00.
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Yozef Ladaning «Sehrli olma» spektakli namoyishi o‘tkaziladi.

Tomoshamizga marhamat!

2024-yil 19-sentyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Y.Ladaning «Sehrli olma» spektaklining repetitsiya jarayonlari o‘tkazildi.

2024-yil 19-sentyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari o‘rtasida navbatdagi Vokal bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilib, unga teatrning Vokal bo‘yicha repetitori Oybek Ibrohimov boshchilik qildi.

Prezidentimizning sohaga oid farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasidan bir guruh ijodkorlar Andijon viloyatiga gastrol safar uyushtirishdi. Jamoa 2024- yil 18-sentyabr sanasida mazkur gastrol safari doirasida Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida hamda 12-son nogironligi bo’lagan bolalar ta’lim oladigan mahsus maktab — internatda andijonlik teatr san’ati ixlosmandlari uchun repertuardagi Irina Lukyanovaning «Karvon saroy» spektaklini namoyish etishib, tomoshabinlarga zavqu — shavq ulashishdi.