Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Jizzax viloyati Zomin tumanida «II Xalqaro Maqom festivali» ochilishi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali tadbirda teatrlashtirilgan chiqishlari bilan faol ishtirok etib, tantanali marosimning shukuhli o’tishiga o’z munosib hissalarini qo’shishdi.
2024 — yil 28-iyun kuni «BUTUNJAHON YOSHLAR FESTIVALI» doirasida o’tkazilayotgan nufuzli tadbir ishtirokchilari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga tashrif buyurib, teatr repertuaridagi D. Yusupovning tarixiy vatanparvarlik ruhidagi «Jaloliddin Manguberdi» (Rejissor: Sh. Yusupov) spektaklini tomosha qilib, bir olam taassurotlarga ega bo’lishdi.
🎭🎭🎭🎭🎭
2024 — yil 27-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida «Butunjahon yoshlar festivali» doirasidagi tadbir qatnashchilarini tantanali kutib olish tadbirlarida faol ishtirok etishdi.
@Xorazmkukol
🎭🎭🎭🎭🎭🎭
2024-yil 26-iyunda “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida teatr rejissor yordamchisi Farog‘at Saitnazarova tomonidan sahnalashtirilgan “Qora qilmish” nomli sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. Unda giyohvandlikning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida ta’sirli voqealar yaqqol ifoda etildi.
Shuningdek, 25-26 iyun kunlari teatr tomosha zali va joylarda o‘tkazilgan spektakllar namoyishi oldidan jamoaning yetakchi aktyorlari tomoshabinlar bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida davra suhbatlari tashkil etishib, yuqoridagi sahna ko‘rinishidan parchalar namoyish etishdi.
@Xorazmkukol
🎭🎭🎭🎭🎭
2024 — yil 25-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Mug’uliston Respublikasi Prezidentining tarixiy Xiva shahrining Ichan qal’a xududiga tashrifi munosabati bilan tantanali kutib olish tadbirlarida alohida faollik ko’rsatishib, teatrlashtirilgan tomoshalar va badiiy kompozitsiyalarni ijro etishdi.
@Xorazmkukol
Khivapuppets.uz