2026-yil 12-fevral kuni Xiva shahridagi 3-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi o‘quvchilari uchun Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri tomosha zalida teatr repertuaridagi «Oltin Kalitcha» spektakli namoyish etilib, oʻquvchi bolalar va oʻsmirlarga ma’naviy hordiq chiqarish imkoniyati taqdim qilindi.

2026-yil 11-fevral kuni Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi 17-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi katta sinflari o‘quvchilari uchun Alisher Navoiy dostoni asosidagi «Layli va Majnun», boshlang‘ich sinflarda taʼlim oluvchi bolalar uchun» Oltin Kalitcha» spektakllari namoyish etildi.

2026-yil 11-fevral kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri Kasaba uyushma qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoa a’zolari 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi bilan tanishtirildi. Mazkur jamoa shartnomasi ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va tegishli tartibda tasdiqlandi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti hamda kasaba uyushmaning yuqori tashkilotlari bilan hamkorlikda 2025-yil davomida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ham qatnashchilarga axborot berildi.

«Quvnoq ayiqchalar» spektaklini navbatdagi repetitsiya jarayonlari qizg‘in davom qilmoqda.
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga 2026-yil I choragida belgilangan «Quvnoq ayiqchalar» spektaklini sahnalashtirish uchun Toshkent shahridan tashrif buyurgan tajribali rejissyor Karima Jabbarova boshchiligida navbatdagi repetitsiya jarayonlari qizg‘in davom ettirildi.
