Бош сахифа

2026-yil 5-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahri 20-son umumiy o‘rta maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Oltin kalitcha» spektakli namoyish etildi.  Spektakl o‘quvchi bolalarda katta taassurot qoldirdi.

@Xorazmkukol

Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil 13-fevraldagi “Xorazmda teatr oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan 2026-yil 5-mart kuni teatr ijodkorlari “Xorazmda teatr oyligi” doirasida Yangariq tumanidagi 15-son, Bog‘ot tumanidagi 14-son hamda Xazorasp tumanidagi 13-son Bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etishdi.

Ushbu ijodiy uchrashuvlarda qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, qiziquvchilar uchun qo‘g‘irchoqlar harakati bo‘yicha mahorat darslari (master klass) tashkil etildi.

Teatr ijodkorlarining “Xorazmda teatr oyligi” doirasidagi ijodiy uchrashuvlar hamda davra suhbatlarini o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi safarlari yana davom ettadi.

@Xorazmkukol

2026-yil 5-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida o‘zbek she’riyatining malikasi-Zulfiyaxonim tavalludi va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan katta tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda vafo va sadoqat timsoli bo‘lgan shoiraning hayoti va ijodiy faoliyatiga keng to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, shoira she’riy asarlaridan parcha o‘qilib, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirning yuqori saviyada tashkil etilgani munosabati bilan butun ijodiy jamoaga ayniqsa teatr yoshlari yetakchisi Z. Shonazarovaga ma’muriyat tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

@Xorazmkukol

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari tomonidan Xiva shahrining Ichan Qal’a majmuasida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun namoyish etiladigan teatrlashtirilgan maydon tomoshalarining navbatdagi mavsumiga start berildi.  Tomoshalar sayyohlik mavsumi davomida muntazam tarzda har kuni (shanba va yakshanbadan tashqari) o‘tkazib boriladi.

2026-yil 4-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari «Xorazmda teatr oyligi» doirasida Xiva shahridagi 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabi hamda 12-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etishdi.  Tadbir jarayonida teatr san’ati,  jumladan qo‘g‘irchoq teatri to‘g‘risida qatnashchilarga ma’lumot berildi.
Shuningdek,  uchrashuv davomida qo‘g‘irchoqlar vositasida mahorat darslari o‘tkazildi.