2026-yil 3-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari «Xorazmda teatr oyligi» doirasida Xiva shahridagi Prezident maktabi hamda Ogahiy ijod maktabiga ijodiy safar uyushtirib, mazkur ta’lim maskanlaridagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Uchrashuv jarayonlarida o‘quvchilarning teatr san’atiga oid savollariga javob berilib, mahorat darslari tashkil etildi.

2026-yil 4-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva tumanida «Yangi O‘zbekiston Madaniyat markazi» ning tantanali ochilish tadbirida faol ishtirok etishdi.
2026-yil 3-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 2026-yil repertuar rejasining I choragiga belgilangan «Quvnoq ayiqchalar» spektaklining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ekspertlar kengashi a’zolaridan iborat Badiiy kengashga taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari-mutaxassislar K. Isomova va O. Kapadzelar yangi spektakl to‘g‘risida iliq fikrlarini bildirib, o‘z tavsiyalarini ham berishdi. Muhokama natijasiga ko‘ra yangi spektakl bir ovozdan qabul qilindi.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida jamoada uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan fidoyi xodim — teatrning sahnalashtirish bo‘limi mudiri Xasiyatxan Yaqubovaning 60 yillik yubiley tadbiri keng nishonlandi. Teatr rahbariyati va jamoasi nomidan yubiley munosabati bilan X. Yaqubova nomiga iliq fikr va tilaklar yo‘llandi. Yakunda tantana sohibasiga ma’muriyat tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Prezidentimizning tegishli topshiriqlari asosida haftaning har payshanba kuni ”Yoshlar kuni” deb e’lon qilingani munosabati bilan 2026-yil 26-fevral sanasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori D.Atabayev Xorazm viloyati hududidagi ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasalarida ta’lim oluvchi o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuvlar belgilangan tartibda tuzilgan grafik asosida teatr binosida tashkil qilindi.
Unda Urganch shahri va tumani, Xiva shahri hamda Xonqa, Bog‘ot va boshqa hududlarda joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchi yoshlari ishtirok etishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Grafikda ko‘rsatilgan vaqtlarda har bir ta’lim muassasasi yoshlari bilan alohida uchrashuv doirasida ularning qiziqishlari, muammolari va takliflari o‘rganilib, teatr rahbari tomonidan tegishli maslahat va tavsiyalar berildi.
