

2026-yil 24-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari viloyatimizning chekka hududlaridan hisoblangan Yangibozor va Gurlan tumanlaridagi Ixtisoslashtirilgan maktablar bo‘ylab ijodiy safarlari doirasida teatr repertuaridagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektaklini namoyish etishdi.

2026-yil 24-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri tomosha zalida Xiva tumanidagi MTTlardan tashrif buyurgan bolajonlar uchun teatr repertuaridagi eng sara spektakllar namoyish etildi. Sarguzashtlarga boy va qiziqarli sahna asarlari tomoshabinlarga katta taassurotlar bag’ishladi.

2026-yil 22-fevral yakshanba kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Oila kuni» doirasidagi navbatdagi madaniy tadbirga Xiva shahridan aholi vakillari jalb etilib repertuardagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi.
Hurmatli rahbarimiz, teatrimiz direktori, Òzbekiston Respublikasida xizmat kòrsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev ! Sizni tabarruk ayyom — tavallud sanangiz bilan butun jamoa nomidan qizģin qutlaymiz.
Sizga oilaviy baxt, sihat — salomatlik xamda ishlaringizga rivoj tilaymiz.
Uzoq yillar jamoamizga bosh bòlib yurish nasib qilsin.
