#Festival
Bolgariyada nufuzli Xalqaro Festival munosabati bilan safarda bb turgan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari festivalning eng qizg‘in va qiziqarli jarayonlariga guvoh bo‘lib, shu bilan birga o‘zlarining chiqishlari uchun ham ruhiy tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.

@Xorazmkukol
2025-yil 15- may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xorazm viloyatining eng chekka hududlaridan hisoblangan Tuproqqal’a tumanida MTT tarbiyalanuvchilari uchun repertuardagi «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etishib, bolajonlarga zavqu shavq ulashishdi.

@Xorazmkukol
2025-yil 13-14-may kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol
#Festival
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Davronbek Atabayev boshchiligidagi bir guruh ijodkorlar hozirgi kunda Xalqaro festival munosabati bilan Bolgariyaning Tirgovishti shahrida bo‘lib turishibdi. Jamoaning chiqishi 17-may kuniga belgilangan. Ijodkorlarga omad yor bo‘lsin!

@Xorazmkukol
2025-yil 12-13 may kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Urganch shahridagi «Nihol» maktabi o‘quvchi yoshlari uchun teatr repertuaridagi «Hurshni eplolmagan kuchuk» spektakli namoyish etildi.
ml
@Xorazmkukol