

2026-yil 24-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari viloyatimizning chekka hududlaridan hisoblangan Yangibozor va Gurlan tumanlaridagi Ixtisoslashtirilgan maktablar bo‘ylab ijodiy safarlari doirasida teatr repertuaridagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektaklini namoyish etishdi.

2026-yil 24-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri tomosha zalida Xiva tumanidagi MTTlardan tashrif buyurgan bolajonlar uchun teatr repertuaridagi eng sara spektakllar namoyish etildi. Sarguzashtlarga boy va qiziqarli sahna asarlari tomoshabinlarga katta taassurotlar bag’ishladi.

2026-yil 22-fevral yakshanba kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Oila kuni» doirasidagi navbatdagi madaniy tadbirga Xiva shahridan aholi vakillari jalb etilib repertuardagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi.
2026-yil 19-fevral kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Sahna ortiga sayohat» ekskursiya tadbirlari doirasidagi navbatdagi jarayonlar bo‘lib o‘tdi. Unda Shovot tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab pedagogik jamoasi va o‘quvchilari teatr ijodiy faoliyati, jumladan, sahnalashtirish bo‘limidagi ish jarayonlari, qo‘g‘irchoq va teatr liboslarining tayyorlanishi bilan yaqindan tanishishdi.
