Янгиликлар

Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri oliy toifali aktyori Xursandbek Saipov «Yurt Faxri — 2025» ilmiy -amaliy ko’rik — tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mazkur ko’rik — tanlov tashkilotchilarining e’tirofini ifoda etuvchi «TASHAKKURNOMA» hamda maxsus ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, xodimning faoliyatini qo’llab — quvvatlab, ilmiy izlanishlariga imkon yaratib bergan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ma’muriyatiga ham «TASHAKKURNOMA» taqdim etildi.

2025-yil 23-24 dekabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch va Xiva shahridagi MTTlarga tashrif buyurib jajji bolajonlar uchun «Yangi yil tomoshalari» spektaklini namoyish etishdi.

2025-yil 22-23 dekabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahridagi «Arda Khiva» turistik majmuasida yangi yil bayram dasturi doirasida navbatdagi teatrlashtirilgan chiqishlari bilan aholi vakillari va shahar mehmonlariga madaniy xizmat ko‘rsatishdi.

2025-yil 23-dekabr kuni Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi umumiy örta taʼlim maktab öquchilari uchun yangi yil bayram dasturidan örin olgan «Yangi yil tilagi” spektakli namoyish etildi.

2025-yil 22-dekabr kuni Xorazm viloyat qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch Xalqaro aeraportida «Prezident archasi» tadbirida ishtirok etadigan bolajonlarga taqdim qilinadigan sovg’alarni tantanali kutib olish jarayonlarida ertak qahramonlari qiyofalarni aks ettirgan holda qatnashishdi.