2026-yil 1-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalinda Urganch shahridagi Nihol nodavlat ta’lim maskani o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol
2026-yil 30-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Davronbek Atabayev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha onlayn qabul tashkil etildi. Mazkur onlayn qabul jarayonida soha vakillari tomonidan murojaatlar yo‘llandi. Murojaatlarga asoslangan holda tegishli tushuntirishlar berilib yechimlar taklif etildi. Yakunda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

2026-yil 29-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xorijlik bir guruh sayyohlar uchun teatr repertuaridagi «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etildi.

Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida » 27-mart — Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan katta bayramona tadbir tashkil etildi. unda teatr ijodkorlari nomiga kasb bayramlari munosabati bilan eng ilik ezgu tilaklar bildirildi. Jamoaning fidoyi xodimlari sovg’alar bilan taqdirlandi.