2025-yil 14- aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Ichan qal’ada Xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun tayyorlangan tarixiy loyiha asosidagi navbatdagi teatrlashtirilgan tomoshalarni namoyish etishdi. Unda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, «Qog‘irchoqlar aravasi» va Javoxir folklor guruhining chiqishlari taqdim etilib, shahar aholisi va mehmonlarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.

2025-yil 14-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrida o‘tkaziladigan «Xalqaro baxshichilik festivali» oldidan ushbu tadbir ochilishiga bag‘ishlangan tomoshalarning repetitsiya jarayonlarini davom ettirishdi.

2025-yil 11-12 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektakli namoyish etildi.
@Xorazmkukol
#Gastrol
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Qashqadaryo viloyatiga ijodiy safarlari doirasida navbatdagi spektakllarni Qarshi tumanida joylashgan yana bir Oilaviy NMTTda hamda Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida namoyish etishdi. Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari mezbon tarafning e’tirofi ifodasi sifatida «TASHAKKURNOMA» lar bilan taqdirlanishdi.
@Xorazmkukol
#Gastrol
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri Qashqadaryo viloyatida gastrol safarida.
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25 – dekabrdagi PQ – 406-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 11-aprel kuni Qashqadaryo viloyatiga gastrol safarini uyushtirdi.Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatr jamoasini Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi ko‘tarinki kayfiyat bilan bayramona tarzda kutib olishdi. Teatr ijodiy jamoasi gastrol safari davomida Qarshi shahridagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga Mansur Kuryazov asari asosida“Afandining hangomasi” spektaklini namoyish etishdi.
@Xorazmkukol