Янгиликлар

«27-mart-Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan katta tantanali tadbir va taqdirlash marosimida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri truppa bo‘yicha rejissor yordamchisi Davronbek Ismailov hamda teatrning II toifali aktyori Rohatoy Matyaqubovalar ishtirok etishdi. Teatrning mazkur ikki nafar fidoyi xodimiga Madaniyat vazirligining maxsus «TASHAKKURNOMA»si hamda qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

2025-yil 27-mart kuni «Teatr tomoshalar haftaligi» ning so‘ngi kunida Xiva shahrining tarixiy markazi Ichan Qal’a majmuasi hududida shahar aholisi hamda mehmonlari uchun «Qo‘g‘irchoqlar aravasi» badiy kompozitsiyasi namoyish etildi.

 

@Xorazmkukol

«27-mart-Xalqaro teatr kuni»  «Teatr tomoshalar haftaligi» ning so‘nggi kuni bilan o‘zaro uyg‘unlikda juda chiroyli va fayzli o‘tdi.  Haftalikning so‘ngi kunida teatr tomosha zalida katta-kichik aholi vakillaridan iborat teatr san’ati ixlosmandlari uchun repertuardagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi.  Sarhisob qilinadigan bo‘lsa Haftalikning xar bir kuni taassurotlarga boy bo‘lib,  teatr tomosha zali tomoshabinlar bilan to‘lib toshgani ayniqsa quvonarlidir.  Ijodiy jamoa xalqimizning san’atga bo‘lgan e’tiboridan kuch olib, bor maxoratini ishga soldi. Bir hafta davomida muntazam ravishda tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramona kayfiyat va cheksiz  zavqu-shavq ulashildi.

 

@Xorazmkukol

2025-yil 27-mart kuni «Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida teatrda faoliyat olib borayotgan fidoyi xodimlarga «TASHAKKURNOMA» lar, shuningdek esdalik sovg‘alar topshirildi. Butun jamoaga teatr ma’muriyati nomidan eng ezgu tilaklar bildirildi.

@Xorazmkukol

#tabrik

 

🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭

 

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi butun teatr sohasi vakillarini hamda teatr san’ati shaydolarini «27-mart Xalqaro teatr kuni» bilan qizg‘in muborakbod qiladi.

Tinchlikda,  xotirjamlikda,  yaxshi kunlarda yangidan-yangi ijod namunalari bilan diydorlashish nasib etsin.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lib,  san’atimiz va madaniyatimiz tobora yuksalaversin!

Xurmat bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri rahbariyati va jamoasi.

@Xorazmkukol