🎭 Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri barcha teatr ixlosmandlari, aziz bolajonlar hamda ularning ota-onalarini 26-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Teatr haftaligi” doirasida namoyish etiladigan ajoyib va maroqli spektakliga taklif etadi.
🌈 Spektakllar mutlaqo bepul.
🌐 Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri Matbuot xizmati
2026-yil 24-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi “Teatr tomoshalari haftaligi” ning to‘rtinchi kunida Xiva shahrining tarixiy markazi hisoblangan “Ichan Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi hududdida “Xon va saroy a’yonlarining yurishi» maydon tomoshasini namoyish etishdi.

2026-yil 23-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi “Teatr tomoshalari haftaligi” ning uchinchi kunida Xiva shahrining tarixiy markazi hisoblangan “Ichan Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi hududdidagi Kalta minor me’moriy obidasi old maydonida “Milliy qo‘g‘irchoq tomoshalari”ni namoyish etishdi.

2026-yil 22-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Teatr tomoshalari haftaligi” ning ikkinchi kunida aholi vakillari uchun teatr tomosha zalida repertuardagi “Quvnoq tomosha” (Muallif D.Yuldasheva, rejissyor G.Yusupova) spektakli namoyish etildi.

2026-yil 21-mart — Navro‘z bayrami sanasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahrining tarixiy markazi hisoblangan Ichan Qal’a majmuasida o‘tkazilgan keng ko‘lamli «Navro‘z sayli» tantanalarida o‘zlarining teatrlashtirilgan chiqishlarida faol ishtirok etishib, bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishlashdi.
